Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

PSJ ketma-ket mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan murabbiyni iste’foga chiqardi

PSJ ketma-ket mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan murabbiyni iste’foga chiqardi

Foto: «Wi-fi.ru»

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» futbol klubi bosh murabbiy Tomas Tuxel iste’fosini rasman e’lon qildi. Bu haqda 29-dekabr kuni jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.

47 yoshli germaniyalik mutaxassisning shartnomasi 2021 yil mayigacha tuzilgandi.

Tomas Tuxel PSJni 2018-yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning boshchiligida jamoa ikki marta Liga 1 chempioniga aylandi, shuningdek, Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, PSJ bir marta Fransiya kubogi va Fransiya Liga kubogini yutdi. Liga 1 ning 17 turidan so‘ng PSJ 35 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog‘onasida bormoqda.

Shuningdek, Tuxel Germaniyaning «Borussiya Dortmund» jamoasida ham ishlagan, u bilan Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan. RT xabariga ko‘ra, «PSJ»dan ketganidan so‘ng u Frank Lempard o‘rnini egallab, Londonning «Chelsi» klubini boshqarishi kutilmoqda. «Bild» nashri xabariga ko‘ra, «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich Tuxel bilan «Borussiya Dortmund»ni boshqarayotgan paytlarda gaplashib olgan. Lempard boshchiligida londonliklar so‘nggi olti o‘yinda atigi bitta g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Avvalroq Tomas Tuxel tez orada «Pari Sen-Jermen» klubi bosh murabbiyligidan ketishi, shartnomasi muddatidan avval bekor qilingan nemis mutaxassisiga parijliklar yaxshigina badal to‘lashi to‘g‘risida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring