Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir yakuniga yetdi

Qarshida shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir yakuniga yetdi

Foto: Shaxmat federatsiyasi

Joriy yilning 6-11 avgust kunlari Qarshi shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Ismat Shukurov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat bo‘yicha «QARShI OPEN-2019» xalqaro turniri kecha o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining xabar berishicha, chempionat g‘olib va sovrindorlari xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDE sport ustasi singari xalqaro unvonlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Ismat Shukurov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat bo‘yicha «QARShI OPEN-2019» xalqaro turniri Standart (klassik shaxmat) yo‘nalishida 9 turdan, «A» va «B» guruhlarida o‘tkazildi. Musobaqa shveysarcha tizimda, FIDE qoidalari bo‘yicha kechdi.

«A» guruhi g‘oliblari:
1 o‘rin – Abdisalimov Abdimalik (8.500.000 so‘m)
2 o‘rin – Nig‘matov Ortiq (7.600.000 so‘m)
3 o‘rin – Karimov Ibragim (6.700.000 so‘m)

«A» guruhi g‘oliblari(ayollar o‘rtasida):
1 o‘rin – Qurbonboyeva Sarvinoz (1.000.000 so‘m)
2 o‘rin – Saparova Sitora (500.000 so‘m)

«A» guruhi g‘oliblari(18 yoshgacha):
1 o‘rin – Saydaliyev Saidakbar (1.000.000 so‘m)
2 o‘rin – Vahidov Daler (500.000 so‘m)
3 o‘rin – Yuldoshev Mehriddin (200.000 so‘m)

«A» guruhi g‘oliblari(Faxriylar o‘rtasida):
1 o‘rin – Vul Arkadi Yeremeyevich (400.000 so‘m)


«B» guruhi g‘oliblari:
1 o‘rin – Ibodullayev Jo‘rayev (1.400.000 so‘m)
2 o‘rin – Umirov Uchqun (1.200.000 so‘m)
3 o‘rin – Marimboyev Jahongir (900.000 so‘m)

«B» guruhi g‘oliblari(ayollar o‘rtasida):
1 o‘rin – Nomozova Hilola (350.000 so‘m)
2 o‘rin – Bobomurodova Maftuna (150.000 so‘m)

«B» guruhi g‘oliblari(16 yoshgacha):
1 o‘rin – Bahrilloyev Bahrom (350.000 so‘m)
2 o‘rin – Jurayev Akobir (250.000 so‘m)

«B» guruhi g‘oliblari(10 yoshgacha):
1 o‘rin – Ravshanov Sherali (200.000 so‘m)

«B» guruhi g‘oliblari(8 yoshgacha):
1 o‘rin – Islamov Shahzod (100.000 so‘m)

«B» guruhi g‘oliblari(Fahriylar o‘rtasida):
1 o‘rin – Arabov Nurqul (250.000 so‘m)
2 o‘rin – Muratov Barno (150.000 so‘m)

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, turnir mukofot jamg‘armasi 55 million so‘mdan ortiq bo‘lan turnirda, Qozoqiston, Rossiya Federatsiyasi, Ispaniya va O‘zbekistondan jami 250 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring