Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qilichbozlik federatsiyasida rais almashdi

Qilichbozlik federatsiyasida rais almashdi

Bugun O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazilgan. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylangan.

Tadbirda shu davrgacha federatsiya raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonovning o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasi ko‘rib chiqilgan va delegatlar tomonidan qabul qilingan.

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalaga o‘tilgan. Unda Kapitalbank ATB Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamatovning nomzodi Qilichbozlik federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etilgan va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.

So‘ng federatsiya yangi bosh kotibi etib Gulnora Saidova qayta saylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring