Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qit’ada o‘smir bokschilarimizni yengib bo‘lmayapti

Qit’ada o‘smir bokschilarimizni yengib bo‘lmayapti

Foto: MOQ matbuot xizmati

Shu kunlarda Quvaytda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytga kelib, yarim finalga yo‘l olgan terma jamoa vakillari nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda MOQ.

E’tiborlisi, musobaqani boshlagan 14 nafar bokschimizning barchasi chorak final jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, g‘alaba sari ildam qadam tashlab borishmoqda. Chorak final janglarining natijasi quyidagicha:

-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov – Pavel Tokarev (Qozog‘iston) 5:0
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov – Salim Abbos (Iroq) 4:1
-40 kg: Farrux To‘laganov – Baddur Muhammad Ali (Suriya) 4:1
-43 kg: Umidillo Rasulov – Bind Rupesh (Hindiston) 4:1
-46 kg: Boburbek Bobojonov – Nixil (Hindiston) 3:2
-49 kg: Lazizbek To‘lqinov – Sherpa Vangdi (Nepal) (Bokschimiz 2-raundda raqibini nokaut qildi)
-52 kg: Dalerjon Bozorov – Ashish (Hindiston) 5:0
-55 kg: Jahongir Narziyev – Vadim Baurin (Qirg‘iziston) 5:0
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Aidos Matayev (Qozog‘iston) 5:0
-61 kg: Mirzob Nekboyev – Abu Jihad Yaxyo (Iordaniya) (Bokschimiz 1-raundda raqibini nokautga uchratdi)

Ma’lumot uchun, 4-avgust kuni o‘tkazilgan janglarda 4 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilib, yarim final yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring