Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan Haydarov Qatarga uchralgan mag‘lubiyat sababini izohladi

Ravshan Haydarov Qatarga uchralgan mag‘lubiyat sababini izohladi

Foto: «Zamin.uz»

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov «Oriyat Dono» radiosining «Futbol+» eshittirishi mehmoni bo‘ldi.

Haydarov suhbat jarayonida Osiyo chempionatining ilk uchrashuvida Qatar terma jamoasiga uchralgan mag‘lubiyat sababani izohladi.

«Bu biz uchun musobaqadagi birinchi uchrashuv edi va raqiblarni to‘la-to‘kis o‘rganib chiqish imkoni bo‘lmagan edi. Chunki Qatarga qarshi olti oy ilgari ikki marta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazganmiz. Qatarning so‘nggi uchrashuvlari haqidagi ma’lumotlarni esa hech qayerdan topa olmadik. Chunki barcha videoyozuvlar «Youtube» va boshqa tarmoqlardan o‘chirib tashlangan edi.

Bir ularning Serbiya termasiga qarshi o‘yinini tomosha qilish va raqibni o‘rganish uchun Qatarga vakil yubordik. Ammo vakilimiz O‘zbekistonga quruq qo‘l bilan qaytdi, chunki uchrashuv bizga ma’lum qilingan joyda emas, umuman boshqa shaharda o‘tkazilgan. Nachora, bu ularning huquqi.

Osiyo chempionatining eng kuchli guruhi aynan bizning guruh ekanini oldin ham ko‘p aytganman, musobaqa ham buni ko‘rsatdi. Biz va Janubiy Koreya o‘ynagan guruhlar eng kuchlisi bo‘lib chiqdi. Aynan shu guruhlardan ikkitadan jamoa yarim final va finalga chiqdi», — dedi Ravshan Haydarov.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring