Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real» prezidenti «Barselona» kuchayishini istamoqda

«Real» prezidenti «Barselona» kuchayishini istamoqda

«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres «Barselona» avvalgi mavqeini tiklashini istashini yashirmadi.

«Barsa»ni «Real» qatorida dunyodagi eng yirik klublardan biri deb hisoblayman. Agarda bu jamoa avvalgi darajasiga qaytsa, hamma uchun, ispan va jahon futboli uchun yaxshi bo‘lardi», — Peresning so‘zlarini keltirdi AS nashri.

O‘tgan mavsum «Barselona» 73 ochko bilan La Ligada 2-o‘rinni egallagandi. «Real» esa 86 ochko bilan chempionlikni nishonlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring