Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real» tiklanadimi, Messining raqobatchilari kimlar? Boshlanayotgan La Liganing asosiy intrigalari

«Real» tiklanadimi, Messining raqobatchilari kimlar? Boshlanayotgan La Liganing asosiy intrigalari

Foto: «ck10 Media»

O‘tgan yilgi futbol mavsumi ingliz jamoalari uchun zafarli keldi: ular ispanlarni mardonavor surib chiqarishdi. Ustiga-ustak, La Liganing o‘zi nursiz o‘tdi: «Real» quyi pog‘onalardan arang o‘rmalab chiqqan bo‘lsa, Messi hadeb gol uraverishdan charchadi. Qiziq, yangi mavsumda nimalar bo‘larkin?

Yangilangan «Real»

Qirollik jamoasi o‘tgan mavsumni boy berdi: mamlakat chempionatida uchinchi o‘rin, UEFA Chempionlar ligasini juda erta tark etish, axir bungacha uch yil ketma-ket g‘alaba qozongandi-ku (2016, 2017, 2018), yana murabbiylar almashinuvi... Olimp cho‘qqisiga qaytish uchun endi «Real»ga shov-shuvli transferlar kerak, axir shularni deb Zayniddin Zidan qaytib keldi-da. U Pol Pogba bilan Kilian Mbappeni sotib qilishni so‘radi, lekin hozircha «Real» faqat Belgiya terma jamoasi yetakchisi Eden Azarni qo‘lga kiritgani bilan maqtanmoqda. Nima ham derdik, buyam chakki emas. «Chelsi»ning sobiq o‘yinchisiga Madrid osmonida Krishtianu Ronaldudek porlash qiyin, lekin u Ispaniyada ko‘pchilikni hayratga solishi aniq.


Foto: «Sportbox»

Eden Azar, 28 yosh

  • Transfer qiymati — €110 mln.
  • JCh-2018 bronza medali sohibi
  • Ikki karra Angliya chempioni (2014/15, 2016/17)
  • Fransii chempioni (2010/2011)
  • Ikki karra YeL g‘olibi (2012/2013, 2017/2018)

Chempionat boshlanishiga bir necha kun qolganda ommaviy axborot vositalari Zidanning transfer kompaniyasidan noroziligi va yaqin kunlarda jamoani tark etishi haqida yoza boshladi. Darhaqiqat, jamoa ustuni oldingiday qoldi. Hatto ispan tabloidlarining fikricha, Zidan bilan ziddiyatga borgan Garet Beyl ham ketmadi. Umuman olganda, «Real»ni bu mavsum ham siz bilgan o‘sha-o‘sha Karim Benzema, Marselo, Luka Modrich, Serxio Ramos «sudraydigan» bo‘ldi.

Messi va Ko

«Real»ning asosiy raqibi — «Barselona» ekani hech kim inkor etolmaydigan an’anaga aylanib ulgurdi. Diyego Simeone boshqaruvidagi Madridning «Atletiko»si ikkinchi yildirki bu ikki raqib o‘rtasiga suqilib kiradigan bo‘lib qoldi. Joriy yil ham bundan mustasno emas — jamoa yaxshigina kuchayib olgan va kurashga tayyor. Biroq «Barselona» madridliklar orasida yana favorit.

Kataloniyaliklar yozda shusiz ham top-jamoani yanada mustahkamladi. Birinchidan, «Atletiko»dan jahon chempioni Antuan Grizmann kelgan bo‘lsa, ikkinchidan, endi ularda «Ayaks»da yorqin mavsumni o‘tkazgan Frenki de Yong ham bor.


Foto: «Football HD»

Antuan Grizmann, 28 yosh

  • Transfer qiymati — €120 mln.
  • Jahon chempioni (2018)
  • YeL g‘olibi (2017/18)
  • UEFA Superkubogi sohibi (2018)

Foto: «Soccernews»

Frenki de Yong, 22 yosh

  • Transfer qiymati — € 75 mln. (plyus € 11 mln. bonuslar)
  • Mamlakat chempioni (2018/19)
  • Mamlakat kubogi sohibi (2018/19)
  • YeL finalchisi (2016/17)

Bunaqa tarkib bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga bemalol harakat qilsa bo‘ladi. Biroq bunda ularning La Ligadagi pozitsiyasi sustlashib qolishi ehtimoldan xoli emas. Bu esa «Atletiko» va «Real»ga qo‘l kelishi turgan gap.

Foto: «Ftbl.ru»

Lionel Messi yana eng yaxshi bombardir bo‘lishiga shubha yo‘q. Terma jamoada hech qanday sovrinni yuta olmasa-da, argentinalik La Liganing asosiy yulduzi bo‘lib qolaveradi. Azaliy raqibi Ronaldu esa allaqachon ketgan, demak, yangi rekordlar o‘rnatishi mumkin. Raqiblar yo‘q-da.

Nima bo‘lganda ham, Ispaniya chempionatining yangi mavsumidan yangidan-yangi yulduzlarni, yorqin «el-klasiko» va qiziqarli uchrashuvlarni kutib qolamiz.

Birinchi tur jadvali

16-avgust

«Atletik» — «Barselona» (00:00 t.v.)


17-avgust

«Selta» — «Real» (20:00 t.v.)

«Valensiya» — «Real Sosedad» (22:00 t.v.)

«Malorka» — «Eybar» (23:00 t.v.)

«Leganes» — «Osasuna» (00:00 t.v.)

«Vilyarreal» — «Granada» (00:00 t.v.)


18-avgust

«Alaves» — «Leante» (20:00 t.v.)

«Espanol» — «Sevilya» (22:00 t.v.)

«Real Betis» — «Vilyadolid» (00:00 t.v.)


19-avgust

«Atletiko Madrid» — «Xetafe» (01:00 t.v.)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring