Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» uchinchi o‘ringa qaytdi

«Real» uchinchi o‘ringa qaytdi

Foto: «UA-Football»

Ispaniya chempionatining 32-turida «Real» «Malaga» mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvda Zidan o‘z yetakchilaridan foydalanmagan bo‘lsa-da, raqib darvozasiga ikki gol urishning uddasidan chiqishdi. Shu tariqa «Qirollik klubi» 67 ochko bilan musobaqa jadvalining uchinchi pog‘onasiga joylashib oldi.

Chempionat yakuniga sanoqli turlar qolganda «Barselona» 82 ochko bilan chempionlikka juda yaqin turibdi. Ikkinchi o‘rindagi «Atletiko» hisobida esa 71 ochko bor.

La liga, 32-tur.

Malaga – Real Madrid 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: Isko (29), Kazemiro (63), Rolan (90).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring