Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun Tailandga boradi

Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun Tailandga boradi

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bosqichiga yo‘l olgan. Vakillarimiz ushbu bosqichda 19 yanvar kuni BAA jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan futbolchilarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana katta muxlislar guruhi shakllantirilmoqda. Ayni paytda Tailandda Toshkent, Urganch, Buxoro, Andijon, Asaka, Qarshi, Farg‘ona, Namangan kabi ko‘plab shaharlardan tashrif buyurgan muxlislar, «Qo‘qon-1912» klubi direktori va boshqa bir qator futbol mutasaddilari, ashaddiy muxlislar jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu o‘zbek futboli muxlislarining o‘ziga xos yangi to‘lqini, milliy sport g‘oyasidir. Ahamiyatlisi, mana shunday muxlislar orasida taniqli murabbiylarimiz Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramovning ham Bangkokka tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida «Nasaf» (10) va «Bunyodkor» (5) klublarining o‘yinchilari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Berdiyev va Abramovning Tailandga kelishidan asosiy maqsad futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularni yanada ruhlantirishdan iboratdir. Murabbiylar 18 yanvar kuni Bangkokka yetib kelishadi.

Ta’kidlash joiz, har ikki mutaxassis OTJ murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo aralashmaydi. Terma jamoamiz Lyubinko Drulovich va Ravshan Haydarov boshchiligida bo‘lajak bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi. Berdiyev va Abramov esa uchrashuvdan oldin o‘z shogirdlariga ruhiy dalda berish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishmoqda.

Manba: olympic.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring