Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan uchrashdi

Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan uchrashdi

Xabar berganimizdek, Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun taniqli murabbiylarimiz Ro‘ziqul Berdiyev hamda Vadim Abramov bugun Tailandga yetib kelishdi. Har ikki mutaxassis biroz avval terma jamoamiz vakillari bilan uchrashib, ularni ruhlantirdilar.

«Yigitlar, biz Toshkentda barcha o‘yiningizni ko‘rib turdik. Ha, Koreyaga qarshi o‘yin qiyin bo‘ldi. Lekin musobaqani kuzatib borayotgan mutaxassis sifatida shuni ayta olamanki, boshqa hech bir jamoaning sizdan ustun joyi yo‘q. Janob Drulovich yaxshi murabbiy. Ishonamizki, undagi bor tajriba kerakli natijaga erishish uchun yetarli. Buyog‘iga har bir raqibni «yanchib» tashlash kerak. Nasib qilsa, Koreyadan finalda revansh olamiz», – dedi «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev.

«Barchangizning imkoniyatingizni yaxshi bilamiz. Siz o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochishga juda yaqin turibsiz. Buyog‘iga ham bo‘shashmasdan faqat olg‘a harakat qilish kerak. Uyda ota-onangiz va xalqimiz g‘alaba kutmoqda», – dedi O‘zbekiston MTJ va «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov.

Ta’kidlash joiz, murabbiylar ertaga terma jamoamizning BAAga qarshi bahsi oldidan yigitlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan va Lyubinko Drulovich boshchiligidagi murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo halal berishmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring