Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruslan Chagayev murabbiylik faoliyatini Rossiyada davom ettiradi

Ruslan Chagayev murabbiylik faoliyatini Rossiyada davom ettiradi

Super og‘ir vazn toifasida jaxon chempioni hamyurtimiz Ruslan Chagayev murrabiylik faoliyatini Rossiya Federatsiyasida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda «RIA» Novosti xabar bermoqda.

Agentlikning ma’lum qilishicha, WBA kamari sohibi rossiyalik Fotima Dudiyevani «Nokautlar qirollari» boks-shou kechasiga tayyorlaydi.

«O‘ylashimcha murabbiylik kar’yeramni davom ettiraman. Murabbiylik mening ishim ekanini tushunib yetdim va bu menga zavq bag‘ishlaydi» deb ta’kidlagan Ruslan Chagayev.

«Oq Tayson» deya nom berilgan Chagayev professional ringdagi faoliyatini 2016-yilda tugatgandi. U o‘z faoliyati davomida 38 ta jang o‘tkazib ularning 34 tasida g‘alabaga erishgan, shulardan 21 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring