Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rustam Jo‘rayev yana bir tashkilotga rahbar bo‘ldi

Rustam Jo‘rayev yana bir tashkilotga rahbar bo‘ldi

Foto: «milliygvardiya.uz»

Bugun Turizm va sport vazirligida O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda federatsiya raisi lavozimiga Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayevning nomzodi taklif etilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Yig‘ilish so‘ngida, yangi saylangan federatsiya raisi bildirilgan ishonch uchun ishtirokchilarga minnatdorchilik izhor etib, ushbu sport turini ommalashtirish va rivojlantirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Milliy gvardiya qo‘mondoni 2020 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi rahbari etib tayinlangan edi, shuningdek Milliy gvardiya qo‘mondoni tashabbusi bilan joriy yilning avgust oyida Funksional ko‘pkurash federatsiyasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring