Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva: «Meni doim qoyil qoldirishadi!»

Saida Mirziyoyeva: «Meni doim qoyil qoldirishadi!»

Saida Mirziyoyeva.

Qizlarimizning intellektual salohiyati meni doim qoyil qoldiradi, deya post qoldirdi O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva.

Umida Omonova

«Surxondaryo shaxmat maktabi vakilasi Umida Omonova tezkor shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi. 40 ta mamlakatdan kelgan 330 sportchi orasida aynan Umida bu ajoyib natijaga erishdi!

Kumush medal ham shaxmatchimiz Humoyun Bekmurodovga nasib qildi. Yurtimiz dunyoning shaxmat poytaxtiga aylanib bormoqda.

Chin qalbdan tabriklayman! Umida bilan yuzma-yuz uchrashuv onlarini intiqliq bilan kutib qolaman!», deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Gretsiyaning Rodos shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbekistonlik Umida Omonova (16 yosh) jahon chempioni bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring