Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda futbol firibgarlari ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda futbol firibgarlari ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Rrotoday.uz»

Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan 2018-yilning 15-yanvarida Samarqand viloyat mini-futbol assotsiatsiyasi qoshidagi «Nafis» mini-futbol klubi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi (mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan jinoyat) va 228-moddasi 1-qismi (Davlat proba tamg‘alarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar qildi.

Mazkur jinoyat ishi 6 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasi tartibida Samarqand viloyat prokuraturasiga tergov harakatlarini davom ettirish uchun yuborilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra ayni paytda Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Samarqand viloyat mini-futbol assotsiatsiyasi qoshidagi «Nafis» mini-futbol klubi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbattan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring