Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda mini-futbol maydoni va futzal kompleksi buzib tashlanmoqda (foto)

Samarqandda mini-futbol maydoni va futzal kompleksi buzib tashlanmoqda (foto)

Samarqand shahridagi «So‘g‘diyona» istirohat bog‘i atrofidagi futbol maydonlari buzib tashlanmoqda. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.

Bugun erta tongdan istirohat bog‘idagi maydonga qurilish tashkilotining konteynerlari va kranlari ushbu stadionlarga joylashtirildi.

Hozircha futbol maydonchalari va futzal kompleksi nima sababdan buzilayotgani noaniq. Ushbu stadionlarning buzilishi natijasida shu vaqtga qadar muntazam futbol bilan shug‘ullanib kelgan 300 nafarga yaqin bolalar maydonsiz qolishdi. Shuningdek SOS bolalar markazidan keluvchi 30 nafar bolalar ham futbol bilan shug‘ullanishdan mahrum etildi.

Futzal kompleksi O‘FF tomonidan futbolni rivojlantirish maqsadida qurilgan edi. Har yili qish faslida 500 nafarga yaqin bola ishtirokida turli xil musobaqalar o‘tkaziladigan zalning buzilishi bolalarda katta tashvish uyg‘otmoqda. Xo‘sh, ushub zalni buzib tashlashdan maqsad nima?

Bugungi kungacha park atrofida ikkita suniy maydon va bitta futzal kompleksi joylashgan edi. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra bu o‘yingohlar o‘rniga ko‘p qavatli uy qurish rejalashtirilgan.

«Xabar.uz» bu mavzuga yana qaytadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring