Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samyuel Eto‘O faoliyatini Qatarda davom ettiradi

Samyuel Eto‘O faoliyatini Qatarda davom ettiradi

Foto: «Matchtv.ru»

«Match TV» xabar berishicha, «Qatar SK» klubi Samyuel Eto‘O bilan shartnoma imzoladi. Kamerunlik 37 yoshli futbolchi bilan shartnoma qiymati oshkor qilinmagan.

«Qatar SK» Eto‘O faoliyatidagi 14-jamoa sanaladi. U bungacha «Kadji Sports Akademi», «Real», «Leganes», «Espanol», «Malorka», «Barselona», «Inter», «Anji», «Chelsi», «Everton», «Sampdoriya», «Antalyaspor» va «Konyaspor» jamoalarida to‘p surgan.

Eto‘O «Konyaspor»ni avgust oyi boshida tark etgan. Ushbu turk jamoasida 2018-yil yanvar oyidan beri o‘ynab kelgan hujumchi oltita gol urgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring