Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sardor Rashidov «Lokomotiv» a’zosiga aylandi

Sardor Rashidov «Lokomotiv» a’zosiga aylandi

Sardor Rashidov va Xavi

Yangi mavsum oldidan o‘z tarkibini kuchaytirayotgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi bugun yana bir mahoratli futbolchi bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov endilikda mamlakat chempioni sharafini himoya qiladi. Bugun tomonlar o‘zaro kelishuv asosida bir yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishdi. Shu tariqa, Sardor Rashidov «Lokomotiv» yangi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan oltinchi futbolchiga aylandi.

Ta’kidlab o‘tamiz, Sardor Rashidov ilgari «So‘g‘diyona», «Bunyodkor», «Al Jaish» va «Al Jazira» kabi jamoalar safida faoliyat olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring