Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senegal – O‘zbekiston uchrashuvi vaqti o‘zgardi

Senegal – O‘zbekiston uchrashuvi vaqti o‘zgardi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Marokashning Kasablanka shahrida Senegalga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Shuningdek, bugun Andijonda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniyaga qarshi bahs olib boradi.

Marokashdagi o‘yin avval boshda Toshkent vaqti bilan soat 22:00ga belgilangandi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mahalliy muxlislarga qulaylik tug‘dirish maqsadida, Keniyaga qarshi uchrashuvni soat 20:00ga belgilagandi. Bu holat teletomoshabinlar uchun ham qulay edi. Sababi muxlislar Olimpiya terma jamoamizning Keniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini yakuniga yetishi bilan “Sport TV” telekanali orqali Marokashda bo‘ladigan Senegalga qarshi o‘yinni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishardi. Ammo bugun Marokash tomoni Senegal – O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yini boshlanish vaqtini o‘zgartirib, mahalliy vaqt bilan soat 16:30ga, Toshkent vaqti bilan esa soat 21:30ga belgiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining nufuzi yuqoriligi va JCh-2018 ishtirokchisi bo‘lgan Senegalga qarshi o‘yinning ahamiyatidan kelib chiqqan holda, «Sport TV» telekanali Olimpiya terma jamoamizning Keniyaga qarshi uchrashuvi tugashiga yarim soat vaqt qolganda Marokashdagi o‘yinga ulanadigan bo‘ldi. O‘zbekiston OTJ – Keniya OTJ ishtirokidagi o‘yinni esa muxlislar ertaga «Sport TV» orqali takroriy efirda to‘liq tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring