Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sevilya» sport direktori Kuman va Messidan kechirim so‘radi

«Sevilya» sport direktori Kuman va Messidan kechirim so‘radi

Ramon Monchi.

Foto: «FootBoom»

«Sevilya» sport direktori Ramon Monchi «Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman hamda forvardi Lionel Messidan kechirim so‘radi, yozmoqda «Mundo Deportivo».

Monchi Ispaniya kubogi 1/2 finali javob uchrashuvida o‘zi «noluvchi» deb atagan Kumandan hamda Messidan ham kechirim so‘radi. Murabbiy va hujumchi uning kechirimini qabul qilishgan.

1/2 final javob o‘yinida «Barselona» «Sevilya»ni mag‘lub etganidan so‘ng (3:0, birinchi o‘yin — 0:2) tribuna osti yo‘lagida Messi Monchi hamda «Sevilya» prezidenti Pepe Kastro bilan janjallashib qolgandi.

Kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olgan rahbarlar Messini: «Sizlar doim bir xilda yutasizlar», deya qarshi olib, hakamlar kataloniyalarga yon bosishganiga shama qilishgan. Messi esa ularga: «Siz uyingizga qaytasiz», deb javob qaytargandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring