Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosov kuchli raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi

Shahram G‘iyosov kuchli raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi

Foto: «Allboxing»

Rio Olimpiadasi sovrindori Shahram G‘iyosov AQShning Los-Anjeles shahridagi «Florentine Gardens Hollywood» arenasida ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Daniel Echeverriya bilan bahslashdi.

Jang kutilganidan ko‘ra tez yakunlandi. Shahram kuchli raqibini birinchi raundning o‘zida nokautga uchratdi. Kuchli zarbani o‘tkazib yuborgan Echeverriya o‘rnidan tura olmadi.

Meksikalik 26 yoshli bokschi professional ringda 24ta jang o‘tkazib, ularning 19tasida g‘alaba qozongan edi. Shundan o‘n yettita jangda raqiblarini nokautga uchratgandi.

Shunday qilib, Shahram G‘iyosov profringdagi uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi, shulardan ikkitasi nokaut qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring