Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shamanlar ham yordam berolmadi. Peruni yutgan Avstraliya jahon chempionatiga chiqdi

Shamanlar ham yordam berolmadi. Peruni yutgan Avstraliya jahon chempionatiga chiqdi

Foto: «Germany Detail Zero»

Qatardagi jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Osiyo va Janubiy Amerika mintaqasi vakillari o‘rtasidagi o‘yinda Avstraliya Peru terma jamoasini mag‘lub etdi. Qatarda o‘tgan o‘yin 0:0 (5:4) hisobida yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022ning so‘nggi ikki yo‘llanmasi uchun Avstraliya (Osiyo) va Peru (Janubiy Amerika) hamda Kosta-Rika (KONKAKAF) va Yangi Zelandiya (Okeaniya) terma jamoalari o‘rtasida kurash ketayotgandi.

Avstraliya-Peru o‘yini qizg‘in kurashlarga boy o‘tmadi. Tomonlar xatoga yo‘l qo‘yib yutqazib qo‘yishdan cho‘chib harakatlandi, qo‘shimcha vaqtlar, hatto penaltilar seriyasida masalani hal qilishga rozidek taassurot qoldirdi.

O‘yinning asosiy vaqtida darvoza tomon atigi bittagina to‘g‘ri zarba berilgani ham buni isbotlaydi.

Kutilganidek, masala o‘yindan keyingi o‘n bir metrliklarda hal bo‘ldi: 5:4 hisobidagi g‘alaba bilan JCh yo‘llanmasini Avstraliya mezbon mamlakatning o‘zida qo‘lga kiritdi.

Darvoqe, o‘yin arafasida o‘z jamoasi yutishi uchun perulik shamanlar maxsus marosim o‘tkazishgan ekan, foydasiz...

Avstraliya D guruhiga borib qo‘shiladi: bu yerda uni Fransiya, Daniya va Tunis terma jamoalari kutmoqda.

So‘nggi yo‘llanma uchun Kosta-Rika va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi o‘yin bugun, 14-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring