Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev «Navbahor» muxlislariga 22 ming futbolka sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev «Navbahor» muxlislariga 22 ming futbolka sovg‘a qildi

Foto: www.the-uff.com

Bugun, 16-aprel kuni Namangan shahridagi «Markaziy» o‘yingohning anjumanlar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev «Navbahor» jamoasining fidoiy, ashaddiy futbol muxlislariga futbolga bo‘lgan mehri sababli sovg‘a sifatida 22 ming dona futbolkalar taqdim etildi.

20-aprel kuni soat 18:00 da Namangan shahridagi «Markaziy» o‘yingohda superliga 7-turidan o‘rin olgan «Navbahor» — «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga tashrif buyurgan har bir jonkuyar futbol muxlislarga mazkur futbolkalar bepul tarqatiladi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rilgan. Shu kungacha «Navbahor» direktori lavozimida faoliyat yuritgan Akramjon Dedabayev o‘rniga Baxtiyor Boboyev tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring