Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaxmat bo‘yicha Oliy liga bahslari nihoyasiga yetdi — Javohir Sindorov tarixdagi eng yosh chempion

Shaxmat bo‘yicha Oliy liga bahslari nihoyasiga yetdi — Javohir Sindorov tarixdagi eng yosh chempion

Foto: «Xabar.uz»

Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati Oliy liga bahslari nihoyasiga yetdi. Musobaqada yurtimizning eng kuchli 13 shaxmatchisi g‘oliblik uchun o‘zaro dona surdi.

13 tur davom etgan chempionatda Marat Jumayev, Nodirbek Yaqubboyev, Nodirbek Abdusattarov, Shamsiddin Vohidov, Abdumalik Abdusalimov, Saidakbar Saidaliyev va Javohir Sindorov kabi shaxmatchilar qolgan raqiblaridan o‘z tajribalari va o‘zgacha o‘yin uslubi bilan ajralib turdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda 10 ochko to‘plagan Javohir Sindorov shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy egalladi. Ikkinchi hamda uchinchi o‘rin bir xil 8,5 ochko to‘plagan N.Yoqubboyev va N.Abdusattorovga nasib etdi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiya matbuot xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, birinchi o‘ringa 8.700.000 so‘m, ikkinchi o‘ringa 6.000. 000 so‘m, uchinchi o‘ringa 3.500.000 so‘m pul mukofoti berildi. Shuningdek yuqori sakkizlikka kirganlar pul mukofotlari bilan taqdirlandi (4-o‘rin - 2 million, 5-o‘rin - 1.5 million, 6-o‘rin - 1.3 million, 7-o‘rin - 1.1 million, 8-o‘rin - 900.000 so‘m).

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan Javohir Sindarov O‘zbekiston shaxmat tarixida eng yosh chempionga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring