Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shohjahon Ergashev ertaga baland bo‘yli yengilmas Foksga qarshi jang o‘tkazadi

Shohjahon Ergashev ertaga baland bo‘yli yengilmas Foksga qarshi jang o‘tkazadi

Foto: «Olamsport.com»

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Toshkent vaqti bilan ertaga tongda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Ayni paytda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida beshinchi o‘rinni egallab turgan bokschimiz AQShning Kanzas shtati Malveyn shahridagi «Kansas Star Arena» majmuasida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bugun bokschilar an’anaga ko‘ra tarozidan o‘tish marosimida ishtirok etishdi. Ergashev 63,5 kg tosh bosdi. Shohjahondan bo‘yi sezilarli darajada baland bo‘lgan Foks ham deyarli shuncha vaznga ega ekanligi oydinlashdi, deb xabar berdi «Olamsport.com».

Eslatib o‘tamiz, ikkala bokschi ham o‘z faoliyatlarida hali mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan. Hatto durang ham yo‘q. Foks 19 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan. Ergashev va Foks o‘rtasidagi jang ertaga soat 06:00dan boshlab «Sport» telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Avvalroq Shohjahon Ergashev bu muhim jangga qanday tayyorgarlik olib borgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring