Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shohjahon Ergashev meksikalik raqibini 1-raunddayoq ringga qulatdi (video)

Shohjahon Ergashev meksikalik raqibini 1-raunddayoq ringga qulatdi (video)

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida jang olib boradigan Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) navbatdagi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi.

Biroz avval yakuniga yetgan jangda Shohjahon meksikalik 29 yoshli bokschi Adrian Estrellani (29-5, 24 KO) 1-raundayoq ringga qulatdi. Raqib tana qismiga berilgan kuchli zarbadan so‘ng qattiq og‘riq sababli jangni davom ettira olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev profboksdagi 18 ta jangida g‘alaba qozongan. 16 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga taslim qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring