Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jangga bir kun qolganda Shohjahonning raqibi o‘zgardi

Jangga bir kun qolganda Shohjahonning raqibi o‘zgardi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev ertaga Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Mazkur bahsda hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qiladi.

Bungacha Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang o‘tkazishi belgilangandi. Ammo, bir necha kun oldin Shohjahonning raqibi o‘zgardi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional ringda 15 marotaba jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 14 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Ruiz esa bungacha 49 marotaba ringga ko‘tarilgan va ularning 32 tasiga g‘alaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut).

Jang ertaga, 14 dekabr kuni Krasnodardagi «Olimp» sport saroyida bo‘lib o‘tadi. Shohjahon hozirda o‘z vazn toifasida WBA International chempionlik kamari sohibi bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring