Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodovning ikki goli O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi

Shomurodovning ikki goli O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston terma jamoasi Falastin termasi ustidan g‘alaba qozondi va guruh peshqadami bo‘lib oldi.

Vadim Abramov bu bahsni tarkibdagi o‘zgarishlar bilan boshladi. Odil tayanch yarim himoyasidagi o‘z o‘rniga qaytib, o‘yinni boshqardi. Erdor Shomurodov esa yana goleadorligini namoyish etib, uchrashuvda kiritilgan ikki golga ham mualliflik qildi.

Endi, terma jamoamiz saralashning 7-turida (2020-yil 26-mart kuni) dam oladi. 8-turda esa (2020-yil 31-mart kuni) Yamanga safar qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston termasi Ektor Kuper boshchiligida birinchi turda Falastindan mag‘lubiyatga uchragandi.

JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi.

«D» guruhi. 6-tur. 19-noyabr

O‘zbekiston – Falastin – 2:0

Gollar: Eldor Shomurodov (17, 58)

O‘zbekiston: 1.Eldor Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Rustam Ashurmatov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.Oleg Zoteyev, 8.Ikrom Aliboyev, 13.Sanjar Qodirqulov, 9.Odil Ahmedov, 10.Jaloliddin Masharipov (22.Jamshid Iskanderov, 73), 17.Dostonbek Hamdamov, 14.Eldor Shomurodov (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 78).

Falastin: 22.Rami Hamada, 3.Muhammad Rashid (8.Muhammad Yamin, 55), 5.Yosir Hamid, 7.Musab Battat, 11.Yosir Islom (19.Mahmud Vadi, 74), 14.Abdulloh Jobir, 15.Abdullatif Bahdari, 18.Solih Chihadeh, 20.Nazmi Al Badavi, 21.Islom Batran, 23.Muhammad Darvish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring