Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shomurodovning maoshi A Seriyaning ayrim mashhur futbolchilarinikidan yuqori ekani ma’lum bo‘ldi

Shomurodovning maoshi A Seriyaning ayrim mashhur futbolchilarinikidan yuqori ekani ma’lum bo‘ldi

Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri A Seriya futbolchilari maoshi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

«Daryo» nashrining yozishicha, «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovning maoshi yiliga 1,3 million yevroni tashkil etadi. Genuyaliklar klubida faqat Milan Badel (1,4 million yevro) Eldordan ko‘proq maosh oladi. Shuningdek, nashr hisobotlaridan chetda qolgan Lasse Shone ham 1,4 million maoshga ega.

Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonlik futbolchining yillik maoshi A Seriyaning ayrim mashhur futbolchilarinikidan yuqori. Bular: Simon Ker, Rade Krunich («Milan»), Antonio Mirante, Nikola Maksimovich («Napoli»), Tomash Strakosha, Marko Parolo («Latsio») va Fabio Kualyarella («Sampdoriya»).

«Jenoa»ning eng ko‘p maoshga ega futbolchilari:

  • Milan Badel — 1,4 million yevro
  • Eldor Shomurodov — 1,3 mln yevro
  • Davide Zapakosta — 1,3 mln yevro
  • Dominiko Krishito — 1,2 mln yevro
  • Stefano Sturaro — 1,2 mln yevro
  • Kristian Sapata — 1,2 mln yevro
  • Peto Pellegrini — 0,8 mln yevro
  • Mattia Perin — 0,8 mln yevro
  • Marko Pyassa — 0,8 mln yevro
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring