Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Spartak» va Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi koronavirusdan vafot etdi

«Spartak» va Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi koronavirusdan vafot etdi

Foto: «Twitter»

«Spartak» va Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Vasiliy Kulkov 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda sobiq futbolchining rafiqasi Yelena Maxaradze 10-oktyabr kuni «Chempionat» nashriga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Vasiliy Kulkov koronavirusga chalingan bo‘lgan. Bugun Kulkov saraton xastaligi sababli rejali rejalashtirilgan operatsiyadan o‘tishi kerak edi, ammo u reanimatsiyada vafot etgan.

Vasiliy Kulkov «Spartak» tarkibida 1989—1991-yillarda, shuningdek 1995—1997-yillarda to‘p surgan. Jamoasi bilan birga SSSR va Rossiya chempionligini, shuningdek, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, «Benfika», «Portu», «Zenit» va «Krilya Sovetov» jamoalari sharafini himoya qilgan. Rossiya terma jamoasi tarkibida sportchi 21 uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring