Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sport TV» Germaniya chempionati translyasiya huquqini qo‘lga kiritdi

«Sport TV» Germaniya chempionati translyasiya huquqini qo‘lga kiritdi

Foto: 2019-god.com

«Sport» telekanali futbol bo‘yicha Germaniya chempionati o‘yinlarini namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanal direktori Zohid Karimov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berib o‘tgan.

«Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining namoyish huquqini qo‘lga kiritdik. Bugundan Bundesliga bahslari «Sport» telekanalida namoyish etiladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun Germaniya chempionati 2-turi doirasida «Kyoln» — «Borussiya D» o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23.30da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring