Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Super og‘ir vazn toifasida yilning muhim janglaridan birida g‘olib aniqlanmadi

Super og‘ir vazn toifasida yilning muhim janglaridan birida g‘olib aniqlanmadi

Biroz avval Los-Anjelesda super og‘ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari uchun kechgan jangda kamarning amaldagi g‘olibi amerikalik Deontey Uaylder sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga chiqdi.

Jangda bir raund bu bokschi, boshqa raund ikkinchi bokschi foydasiga yozilaverdi.  Ayniqsa, so‘nggi 12-raundda Fyuri og‘ir nokdaunni qabul qilib oldi, biroq o‘rnidan tura oldi. Shunday qilib, g‘olib ochkolar bo‘yicha aniqlandi.

Hakamlarning qaroriga ko‘ra 115-111 Uaylderga, 114-110 Fyuriga va 114-114 durang baho berildi va jangda aniqlanmadi.

Bu durang amerikalik bokschiga chempionlik kamarini o‘zida saqlab qolish imkonini berdi va u navbatdagi jangini Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring