Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Superliga 10-turida stadionlarda tekin «Pepsi» tarqatiladi

Superliga 10-turida stadionlarda tekin «Pepsi» tarqatiladi

Foto: www.the-uff.com

«O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va professional futbol ligasi rahbariyati stadionlarga yanada ko‘proq futbol muxlislarini jalb qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Superliganing 10-turi o‘ziga xos kichik yubiley tur hisoblanadi. Mana shu turda stadionlarda haqiqiy futbol bayrami tashkil qilish, muxlislarga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida bir qator qiziqarli yangiliklar yo‘lga qo‘yiladi», — deb yozmoqda tashkilot rasmiy sayti.

Aytilishicha, 10-turda o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan 6ta stadionning har birida o‘yinni tomosha qilish uchun kelgan muxlisga superliga titul homiysi «PEPSI» kompaniyasi tomonidan bepul salqin ichimliklar tarqatiladi.

10-tur o‘yinlari oldidan stadionlarda estradamiz yulduzlari ishtirokida qiziqarli shou-dasturlar namoyish qilinadi.

Shuningdek, stadionlarga oilaviy tashrif buyuradigan muxlislar va jajji bolakaylar uchun bir qator qiziqarli attraksionlar, turli sovrinli o‘yinlar tashkil qilinadi. Stadionlarda velosiped va roliklar ijarasi yo‘lga qo‘yilib, o‘yin boshlangunga qadar muxlislar ulardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 10-turning har bir o‘yiniga 2 mingtadan chiptalar bepul muxlislarga tarqatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring