Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli poygachi Jessi Kombs tezlik rekordini yangilashda halok bo‘ldi

Taniqli poygachi Jessi Kombs tezlik rekordini yangilashda halok bo‘ldi

Foto: «Stuff.co.nz»

AQShda taniqli poygachi ayol Jessi Kombs yangi tezlik rekordini o‘rnatish chog‘i halok bo‘ldi. Bu haqda «Rosbalt» xabar bermoqda.

Kombslar oilasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 36 yoshli Jessi to‘rt g‘ildirakli reaktiv dvigatelli avtomobilda tezlikni 996 km/soatga chiqarib, uch yil ilgari o‘zi o‘rnatgan 769 km/soatlik ko‘rsatkichni yangilashni istagan edi.

Afsuski, fojia yuz berdi: Oregon shtatida, Alvorda cho‘lidagi qurigan ko‘l tubida o‘tkazilgan sinovda poygachi  halok bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring