Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tayson qo‘lqopsiz jang qilishdan qo‘rqdimi?

Tayson qo‘lqopsiz jang qilishdan qo‘rqdimi?

Foto: «Nedvijdom.ru»

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson qo‘lqopsiz jang musobaqalarini tashkil etuvchi Bare Knuckle Fighting Championship (BKFC) musobaqasida  ishtirok etishdan bosh tortdi, deya xabar berdi «BJPenn.com».

Taysonga braziliyalik Vanderley Silva bilan jangi uchun 18 million dollar taklif etishdi. Portalning ma’lum qilishicha, Mayk yalang‘och mushtlashishga tayyor emasligini aytib, bu taklifni rad etgan.

Yaqinda BKFC bilan shartnoma imzolagan Silva esa bu jangdan 10 million dollar ishlab olishini eshitib taklifni shu zahoti qabul qilgan.

May oyining oxirida Tayson restler shousida paydo bo‘ldi. U yerda Mayk bilan World Wrestling Entertainment (WWE) sobiq chempioni Kris Jeriko bir-biriga yov qarash qilib, haqorat qilishga tushdi. To‘qnashuv ommaviy janjalga aylanib ketdi. Lekin bokschi bilan restlerni ajratib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishdi.

25-aprel kuni Tayson boksga qaytish niyati borligini bildirdi. Amerikalikning aytishicha, uni faqat xayriya musobaqalari qiziqtirmoqda. Mayk 2005-yildan beri ringga chiqmagan. Professional faoliyati davomida jami 50 marta g‘alaba qozonib (44 tasi nokaut), 6 marta mag‘lub bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring