Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Temur Kapadze terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

Temur Kapadze terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

Foto: «Uff.uz»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Temur Kapadze 2018-yilgi jahon chempionatining ikki ishtirokchisi - Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga taqdim etdi. Kengaytirilgan ro‘yxatidan 30 nafar futbolchi joy oldi.

Darvozabonlar:
Eldor Suyunov «Paxtakor»
Botirali Ergashev «Paxtakor»
Ignatiy Nesterov «Lokomotiv»
Javohir Ilyosov «Mash’al»

Himoyachilar:
Farrux Sayfiyev «Paxtakor»
Dostonbek Tursunov «Neftchi»
Sherzod A’zamov «Paxtakor»
Umar Eshmurodov «Nasaf»
Anzur Ismoilov «Chan Chun Yatay» (Xitoy)
Islom To‘xtaxo‘jayev «Lokomotiv»
Shuhrat Muhammadiyev «Lokomotiv»
Vitaliy Denisov «Lokomotiv» Moskva (Rossiya)
Akmal Shorahmedov «Paxtakor»
Oleg Zoteyev «Lokomotiv»
Akrom Komilov «Bunyodkor»
Rustam Ashurmatov «Bunyodkor»

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov «Nasaf»
Odil Ahmedov «Shanxay SIPG» (Xitoy)
Otabek Shukurov «Sharja» BAA
Eldor Shomurodov «Rostov» (Rossiya)
Jaloliddin Masharipov «Paxtakor»
Javohir Siddiqov «Qo‘qon 1912»
Ikrom Aliboyev «Lokomotiv»
Sardor Rashidov «Lokomotiv»
Doston Hamdamov «Bunyodkor»
Sardor Mirzayev «Lokomotiv»
Fozil Musayev «Jubilo Ivata» (Yaponiya)
Jasur Yaxshiboyev «Paxtakor»

Hujumchilar:
Temurxo‘ja Abduholiqov «Al Sayliya» (Qatar)
Marat Bikmayev «Lokomotiv»

Ma’lumot uchun, terma jamoamiz 19-mart kuni Toshkentda yig‘iladi. Ertasiga, 20-mart kuni esa futbolchilar Istanbul orqali Marokashga jo‘nab ketishadi. Vakillarimiz 23-mart kuni Senegal terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazsalar, 27-mart kuni Marokashga qarshi maydonga tushadilar. Har ikkala o‘yin Kasablanka shahrida tashkil etiladi. Eslatib o‘tamiz, Marokash safariga Kapadze o‘sha kungi xolatga ko‘ra jismoniy va funksional jihatdan eng yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan 23 nafar futbolchini olib ketadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring