Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tokio-2020: yaponlar afrikaliklarning «og‘zini moylashgani» rostmi?

Tokio-2020: yaponlar afrikaliklarning «og‘zini moylashgani» rostmi?

Foto: «RIA Novosti»

2020-yilgi Yozgi olimpiya o‘yinlari Tokioda o‘tkazilishini bilamiz. Har holda bu qarorga kelinganiga ham besh yildan oshdi. Ammo hamma ham bilmagan va kutmagan bir tafsilot qalqib chiqdiki, bu Yaponiya Olimpiya tashkilotchilari uchun qahratonda muzdek suv quyib yuborgandek ta’sir qilgani turgan gap.

Gap shundaki, fransuz tergovchilari Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi rahbari Sunekadzu Takedani korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilishyapti. Emishki, Olimpiada poytaxtini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan saylov arafasida yaponlar Afrika qit’asi vakillarining «og‘zini moylab», ularni o‘zlariga og‘dirib olishgan. Bu haqda Fransiyada chiqadigan nufuzli «Le Monde» gazetasi yozmoqda.

Tokioda Yozgi olimpiada 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi. Tokio Olimpiada mezbonligi huquqini 2013-yilning 7-sentyabr kuni Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan XOQ sessiyasida qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, fransuzlar 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazishga da’vogarlik qilishmagan. Qiziq, eng katta sport bayramini o‘tkazishga asosiy da’vogarlar — Madrid va Istanbul «Qora qit’a»ga «bir qadam» edi, nega ular Tokioni tanlashibdi?!.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring