Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent xalqaro aeroportida Ektor Kuperni kutib olish marosimi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro aeroportida Ektor Kuperni kutib olish marosimi tashkil etiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan argentinalik Ektor Kuper 6 avgust kuni tongda, soat 06:10da yurtimizga yetib keladi.

O‘FA rasmiy saytida yozilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Ektor Kuperni kutib olish marosimi tashkil qilinadi.

Shu kuni soat 15:00da Milliy olimpiya qo‘mitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga tanishtirish marosimi hamda u bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Anjuman davomida argentinalik mutaxassis o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob beradi.

Matbuot anjumanida barcha turdagi ommviy axborot vositalari xodimlari qatnashishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring