Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda MDH davlatlari harbiylari o‘rtasida qo‘l jangi chempionati boshlandi (foto)

Toshkentda MDH davlatlari harbiylari o‘rtasida qo‘l jangi chempionati boshlandi (foto)

Foto: Mudofaa matbuot xizmati

Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasidagi armiya qo‘l jangi musobaqasiga start berildi. Bu haqda Mudofaa matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa matbuot xizmati

Chempionatning ochilishida Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilarining, shuningdek, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha Mudofaa vazirligi sport klubining bolalar sporti maktabi tarbiyalanuvchilarining ko‘rgazmali chiqishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblining chiqishlari hamda ishtirokchi davlatlarning xalq qo‘shiqlari ijro etildi.

Musobaqada Rossiya Federatsiyasi,  Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda O‘zbekiston Respublikalarining qo‘l jangi sporti ustalari ishtirok etmoqda.

Foto: Mudofaa matbuot xizmati

10 sentyabr kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash yakunlariga ko‘ra dastlabki krug janglarida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar tatamiga chiqmadi. Ikkinchi krugdan boshlab yetti vazn toifasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari bahslarga kirishdi.

Foto: Mudofaa matbuot xizmati
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring