Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tottining ovozi italiyalik qizni komadan chiqardi (video)

Tottining ovozi italiyalik qizni komadan chiqardi (video)

Foto: «Repubblica»

Italiyaning «Roma» jamoasi sobiq sardori Franchesko Tottining ovozi 9 oydan beri komada yotgan italiyalik qizni hushiga keltirdi. Bu haqda «Repubblica» xabar berdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, «Latsio» jamoasining 20 yoshli futbolchisi Ilenia Matilli avtohalokatga uchragach komaga tushib qolgan. Matillining qarindoshlari u muxlis qiluvchi «Roma» madhiyasini qo‘yib eshittirishgan. Bundan xabar topgan Totti unga video orqali murojaat qildi:

«Ilenia, taslim bo‘lma, hammamiz sen bilan birgamiz», — degan futbolchi.

Natijada Matilli komada chiqa boshlagan. Uning birinchi istagi Totti bilan uchrashish bo‘lgan. 28-sentyabr kuni futbolchi shifoxonaga yetib keldi.

«U tabassum qildi. Meni quchoqlab, yig‘lab yubordi. Shunday bo‘lishini bilganimda ertaroq kelgan bo‘lardim», — deydi sportchi.

Totti butun faoliyati davomida «Roma» sharafini himoya qilgan. Italiyalik futbolchi 619 ta uchrashuvda 250 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Rimliklar tarkibida hujumchi to‘qqiz marta Italiya vitse-chempioniga aylangan, A seriyada oltinni qo‘lga kiritgan. Italiya terma jamoasi safida Totti 2006-yilda Jahon chempioni bo‘lgan. U 2017-yilda futbolchilik faoliyatini tugatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring