Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

U-23 OCh. O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvi bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

U-23 OCh. O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvi bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Foto: www.the-uff.com

Xabaringiz bor, kecha 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aktobe viloyati Irgiz tumanida fojia ro‘y berdi. Rossiyaga ketayotgan avtobusda yong‘in chiqishi natijasida 52 kishi halok bo‘ldi va 5 kishi jabrlandi.

Halok bo‘lganlarning deyarli bari o‘zbekistonlik. Hodisa joyiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan maxsus hukumat komissiyasi a’zolari yo‘l olgan bo‘lib, fojia sabablari o‘rganilmoqda.

O‘FF rasmiy saytida yozilishicha, halok bo‘lganlarning xotirasini yod etish uchun bugun 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari ishtirokidagi chorak final uchrashuvi boshlanishidan avval bir daqiqalik sukut saqlanadi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi Qozog‘istonda ro‘y bergan fojiada halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring