Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

U-23 Osiyo chempionati: O‘zbekiston bugun Xitoy bilan o‘ynaydi

U-23 Osiyo chempionati: O‘zbekiston bugun Xitoy bilan o‘ynaydi

Foto: www.the-uff.com

Bugun yoshlar o‘rtasidagi U-23 Osiyo chempionati final bosqichi 2-turiga start beriladi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi «A» guruhi ikkinchi turida musobaqa mezboni – Xitoy yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ilk turdagi g‘alabadan keyin Xitoy ayni damda birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Ummon termasi bilan uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallab turibdi.

O‘FF rasmiy saytiga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi va futbolchilari ilk turdagi mag‘lubiyatdan xulosa qilishgan va Xitoyga qarshi boshqa reja va maqsadlar bilan to‘p suradi. Ushbu uchrashuvda ilk turda jarohat olgan Akrom Komilovning maydonga tushishi hamon so‘roq ostida. Boshqa futbolchilar uchrashuvga hozirlik ko‘rishmoqda.

Foto: O‘FF rasmiy sayti

Musobaqa mezbonlari – Xitoy yoshlar terma jamoasi ilk turda Ummon termasini mag‘lub etib, iliq taassurot qoldira oldi. Ayni damda, Xitoy yoshlariga milliy terma jamoada Marchello Lippiga yordamchi hisoblanadigan italiyalik yana bir mutaxassis Massimiliano Baddaloni murabbiylik qilmoqda. Ushbu murabbiy Xitoy yoshlari o‘yin uslubiga yetarlicha o‘zgartirish kirita olgan deyish mumkin.

Ushbu uchrashuv Sport telekanalida soat 13:00dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Guruhdagi vaziyat: 

Jamoa

O‘yin

G‘alaba

Durang

Mag‘lubiyat

TN

Ochko

 1.

Xitoy

1

1

0

0

3:0

3

2. 

Qatar

1

1

0

0

1:0

3

3. 

O‘zbekiston

1

0

0

1

0:1

0

4. 

Ummon

1

0

0

1

0:3

0

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring