Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UEFA ChL, 1/8 final: javob o‘yinida ham «Real»ni yutgan «Manchester Siti» chorak finalga chiqdi

UEFA ChL, 1/8 final: javob o‘yinida ham «Real»ni yutgan «Manchester Siti» chorak finalga chiqdi

Foto: «Reuters»

Yevropa maydonlariga katta futbol qaytdi. Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Manchester Siti» va «Real» o‘rtasida javob o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘yinning boshlarida Jezusning uzatmasini golga aylantirgan Sterling jamoasini oldinga olib chiqdi. Rahim uchun bu jamoa safida barcha turnirlarda urilgan yuzinchi, ChL dagi 20-gol bo‘ldi.

Oradan ko‘p o‘tmay Benzema boshi bilan javob golini urib, madridliklarda umid uyg‘otdi.

Ikkinchi taym o‘rtalarida gol urish navbati Jezusga keldi, unga raqiblar himoyachisi Rafael Varanning xatosi qo‘l keldi.

Jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yinda 2:1 hisobida inglizlar g‘olib chiqqandi. Har ikki o‘yinda ham bir xil hisobni qayd etgan Xosep Gvardiola jamoasi UEFA ChL chorak finaliga chiqdi. Eslatib o‘tamiz, bu bosqichdan barcha o‘yinlar Lissabon (Portugaliya)da, bitta matchlik tizimda o‘tkaziladi.

«Real», ikkinchi mavsumdirki, ChL chorak finaliga chiqa olmayapti. 2018/19 mavsumida madridliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Ayaks»dan  (2:1, 1:4) qolib ketgandi.

UEFA ChL, 1/8 final. Javob o‘yini

Manchester Siti — Real Madrid — 2:1

Gollar: Sterling (9), Jezus (68) — Benzema (28)

Birinchi o‘yin — 2:1.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring