Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UEFA Serxio Ramosga qarshi ish ochdi

UEFA Serxio Ramosga qarshi ish ochdi

Foto: «Sports.ru»

UEFA atayin sariq kartochka ishlagan Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramosga qarshi intizomiy ish ochdi. Bu haqda «AS» nashri xabar berdi.

Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 bosqichida, «Ayaks» qarshi birinchi o‘yinda Ramos javob o‘yinini o‘tkazib yuborish va 1/4 bosqichiga «toza» chiqish uchun atayin sariq kartochka ishlab olgandi.

«Sariq»ni atayin olganiga Ramos o‘yindan keyin iqror bo‘lgandi.

«Atayin bu ishni qilmadim desam, yolg‘on bo‘ladi. Raqibga past nazar bilan qarayotganimiz yo‘q, hali hech narsa hal bo‘lgan emas, biroq ba’zida shunaqa ishga qo‘l urib turishga to‘g‘ri keladi», — degandi Ramos. Keyinchalik u so‘zidan qaytgan.

Nashr yozishicha, Ramosning «Ayaks»ga qarshi bahs bilan birga, yevrokubokning keyingi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi ehtimoli katta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring