Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina JCh yo‘lida ilk g‘alabaga erishdi

Ukraina JCh yo‘lida ilk g‘alabaga erishdi

Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqish yo‘lida Yevropa o‘tish o‘yinlari yarim finalida Ukraina mehmonda Shotlandiya ustidan g‘alaba qozongan.

Bu o‘yinlar Rossiya - Ukraina urushi sababli noma’lum muddatga qoldirilgandi. Shuningdek, ko‘plab terma jamoalar Rossiyaga qarshi o‘ynashdan bosh tortgani uchun ruslar musobaqadan chetlatilgandi.

1 iyun kuni o‘tgan uchrashuvda Yarmolenko, Yaremchuk va Dovbikning gollariga shotlandlardan Makgregor bitta to‘p bilan javob bera olgan xolos. Endi uchrainlar JChga yo‘l olish uchun finalda Uelsga qarshi o‘ynaydi.

JCh-2022, Yevropa o‘tish o‘yini, yarim final

1 iyun. Glazgo. «Xempden Park» stadioni.
Bosh hakam: Danni Makkeli (Niderlandiya).

Shotlandiya - Ukraina - 1:3
Gollar: Yarmolenko, 33 (0:1). Yaremchuk, 49 (0:2). Makgregor, 79 (1:2). Dovbik, 90+5 (1:3).

Shotlandiya: Gordon, Xiki, Kuper (Xendri, 67), Xenli, Maktomini, Robertson, Makgregor, Makginn, Gilmor (Armstrong, 68), Adams, Dayks (Kristi, 46).
Ukraina: Bushan, Karavayev, Matviyenko, Zabarniy, Mikolenko, Yarmolenko (Zubkov, 79), Sigankov (Mudrik, 72), Stepanenko (Sidorchuk, 90+3), Malinovskiy (Shaparenko, 72), Zinchenko, Yaremchuk (Dovbik, 78).

Ogohlantirishlar: Yaremchuk, 5. Malinovskiy, 11. Dayks, 44. Makginn, 59. Shaparenko, 84.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring