Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vidal «Barselona» bilan xayrlashdi va Milanga ketdi

Vidal «Barselona» bilan xayrlashdi va Milanga ketdi

Foto: «Soccernews»

Chililik yarimhimoyachi Arturo Vidal «Barselona» bilan xayrlashib, Milanga jo‘nab ketdi. 33 yoshli futbolchi «Inter» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Vidalning shartnomasi bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yilga tuzilmoqda. Futbolchi yiliga 6 million yevro maosh olishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, chililik futbolchi A Seriyada ancha tajribaga ega: to‘rt mavsumni «Yuventus»da o‘tkazgan. «Barselona»ga 2018-yil yozida kelgandi.

Vidalning ketishini «Barselona» sardori Lionel Messi ham tasdiqladi. «Seni raqib sifatida hurmat qilardim. Bir jamoada o‘ynaganimizda hurmatim yanada oshdi. Biz seni sog‘inib qolamiz, Arturo. Yo‘llarimiz yana tutashishiga ishonaman», — deb yozdi Messi Instagramdagi sahifasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring