Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda o‘tkaziladigan U-23 Osiyo chempionati «Sport TV»da namoyish etiladi

Xitoyda o‘tkaziladigan U-23 Osiyo chempionati «Sport TV»da namoyish etiladi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi.

Foto: «The AFC.com»

Ushbu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi. Vakillarimiz bugun Xitoyga jo‘nab ketadi.

«Sport TV» musobaqaning barcha o‘yinlarini namoyish etishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ushbu musobaqada mezbon Xitoy va Qatar hamda Ummon terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

O‘yinlar vaqti:

9-yanvar, soat 16:30. Qatar — O‘zbekiston

12-yanvar, soat 13:00. O‘zbekiston — Xitoy

15-yanvar, soat 13:00. Ummon — O‘zbekiston

«Xabar.uz» saytida ham ushbu musobaqa o‘yinlari natijalari va tahlillari berib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring