Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xosep Gvardiola «Bavariya»ni tabriklab, uni «jang»ga chorladi

Xosep Gvardiola «Bavariya»ni tabriklab, uni «jang»ga chorladi

Foto: «Bobsoccer.ru»

Avvalroq «Bavariya» finalda «Tigres» (Meksika, KONKAKAF) ustidan g‘alaba qozonib, klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik.

Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoani klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqanligi bilan tabrikladi.

«Xansi aytmoqchimanki, siz «Barselona»dan keyin oltita unvonni yutgan ikkinchi jamoaga aylandingiz. Balki, yettinchi unvon uchun o‘ynashga Messiga qo‘ng‘iroq qilishim kerakdir. Qachon va qayerdaligini ayting. Biz o‘sha yerda bo‘lamiz», — deya Gvardiolaning murojaatidan iqtibos keltirdi «Bavariya» matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring