Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Humo arena» ochilishida Filipp Kirkorov va Dima Bilan qatnashadi

«Humo arena» ochilishida  Filipp Kirkorov va Dima Bilan qatnashadi

Foto:«Olympic.uz»

15-mart kuni Toshkentda «Humo» muz  arenasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bugun mazkur tadbir oldidan matbuot-anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda qatnashgan MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanovning aytishicha, «Humo arena»si  universal sport inshooti bo‘ladi. Unda nafaqat xokkey balki, qishki sport turlaridan short-trek, figurali uchish, kyorling, konkida yugurish muz qoplama olib tashlansa, gandbol, basketbol, voleybol, dzyudo, og‘ir atletika, mini-futbol va shu kabi juda ko‘plab sport musobaqalarini qabul qilish mumkin. 

Foto:«Olympic.uz»

«Ochilish marosimi sport muxlislarining yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Badiiy qismning o‘zida 2 mingdan oshiq ishtirokchi qatnashadi. Bundan tashqari arenaga 6 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda. Ochilish marosimida bosh g‘oya san’at va sportni birgalikda uyg‘unlashtirib berishdir. Shuningdek, unda Pavel Bure, Vitaliy Proxorov kabi yaqin o‘tmishimizning xokkey yulduzlari, muz ustida raqs bo‘yicha Turin Olimpiadasi chempioni Tatyana Navka, konsert dasturida esa Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan kabi estrada yulduzlari tashrif buyurishadi», – deydi ochilish marosimi tashkilotchisi Madina Tursunova.

Foto:«Olympic.uz»

«Humo arena»si asosiy va kichik maydonlarga ega bo‘lib, katta musobaqalar uchun mo‘ljallangan qismi 12 500 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Mazkur sport inshootining ochilish marosimi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring