Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana o‘sha hisob. O‘zbekistonning Urugvayga tishi o‘tmadi

Yana o‘sha hisob. O‘zbekistonning Urugvayga tishi o‘tmadi

Foto: O‘FA Matbuot xizmati

Xitoyning Nanning shahrida «China Cup-2019» xalqaro musobaqasi ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv 3:0 hisobida raqiblarimiz g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda gollarga Gaston Perreyra va Kristian Stuani (dubl) mualliflik qilishdi.

Endi terma jamoamiz 25 mart kuni 3-o‘rin uchun bahsda Xitoyga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

«China Cup-2019»

O‘zbekiston – Urugvay 0:3

Gol: Gaston Perreyra (5), Kristian Stuani (24, 82)

O‘zbekiston: S.Quvvatov, F.Sayfiyev, A.Ismoilov, Ye.Krimets, D.Hoshimov, O.Ahmedov, O.Shukurov, J.Sidiqov (I.Aliboyev, 72), J.Masharipov, D.Hamdamov (S.Mirzayev, 64), E.Shomurodov (M.Bikmayev, 64).

Urugvay: F.Muslera, M.Kaseres, D.Godin, X.Ximenes, D.Laksalt, N.Nandez, M.Vesino, R.Bentankur, N.Lodeyro, K.Stuani, G.Pereyro.

Ogohlantirishlar: D.Hoshimov (59), J.Masharipov (79) - X.Ximenes (85)

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan yilning yozida ham Urugvay bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan va aynan shu hisobda mag‘lub bo‘lgandi. Faqat u vaqtda jamoani tajrbali xorijlik murabbiy emas, futbolchilik faoliyatini endi tugatgan Temur Kopadze murabbiy edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring