Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyalik 13 yashar qiz oltin medal sohibi bo‘lib, rekord o‘rnatdi

Yaponiyalik 13 yashar qiz oltin medal sohibi bo‘lib, rekord o‘rnatdi

Foto:«Al Jazeera»

Yaponiya olimpiya termasi a’zosi Momizi Nisiya Tokio-2020 Ooimpiadasida skeytbordingning strit mashqlari bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ahamiyatli jihati Nisiya 13 yoshda. Kumush medalni qo‘lga kiritgan braziliyalik Rayssa Lil ham 13 yoshda ekanligi aytilgan. Kuchli uchlikka Momizi Nisiyaning jamoadoshi Funa Nakayama joylashgan.

Momizi Nisiya eng yosh Olimpiya chempionlari orasida 13 yosh-u 330 kunlik natijasi bilan 3-o‘rinni egalladi. Bu boradagi eng yaxshi natija amerikalik 3 metr balandlikdan suvga sakrash bo‘yicha qatnashgan atlet Marjori Gestringga tegishli.

Bu natija 1936 yil Berlinda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida o‘rnatilgan, o‘shanda Marjori 13 yosh-u 268 kunlik bo‘lgan. Ikkinchi natija esa germaniyalik Klaus Zerta (13 yosh-u 283 kun) 1960 yilgi Rimdagi Olimpiadada eshkak eshish (jamoaviy bahslar) bo‘yicha qayd etilgan. Yaponiyalik sportchi esa XXI asrdagi eng yosh Olimpiya chempioniga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring